2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
SIRDARYO VILOYATI: 110/35/10 kV kuchlanishli "Baxt" podstansiyasi
  • 28.10.2025
  • 52

⇒ Sirdaryo viloyati, Sirdaryo tumani

► AVVALGI HOLATI:

Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida 110/35/10 kV kuchlanishli “Baxt” podstansiyasining quvvati 16 000 kVA bo‘lgan T-2 transformatorida texnik xizmat ko‘rsatishni talab qiluvchi kamchiliklar aniqlangan.

Xususan, T-2 kuch transformatorida eskirish belgilari: yog‘ tarkibining o‘zgarishi va ayrim mexanik qismlarning ishlashida nosozliklar kuzatilgan edi.

Ushbu holatlar tarmoqning barqaror ishlashiga salbiy ta’sir qilishi mumkinligi sababli, podstansiyada rejalashtirilgan joriy ta’mirlash ishlarini o‘tkazish zarur deb topildi.

► ISH JARAYONI:

Ta’mirlash ishlari davomida mutaxassislar tomonidan transformatorning barcha asosiy qismlari batafsil ko‘zdan kechirildi. 

Kuchlanish kiritish va chiqish shinalari, moy sovutish tizimi, kontaktlar hamda muhofaza vositalari sinovdan o‘tkazildi. Transformator korpusi to‘liq tozalandi, yuzadagi zang va eski bo‘yoq qatlami olib tashlandi. Shundan so‘ng bo‘yoqlash ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirildi — maxsus antikorroziya asosli bo‘yoqdan foydalanilib, metall qismlarning bardoshliligi oshirildi.

Bundan tashqari, texnik jamoa elektr sinovlarini amalga oshirib, izolyatsiya qarshiligi, transformator moyining sifat ko‘rsatkichlari hamda sovutish tizimining samaradorligini tekshirdi.

✔️ 110/35/10 kV kuchlanishli "Baxt" podstansiyasida kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish maqsadida joriy ta’mirlash ishlari bajarildi.

► HOZIRGI HOLATI:

Joriy ta’mirlash ishlari yakuniga yetkazilgach, “Baxt” podstansiyasidagi T-2 transformatori to‘liq soz holatga keltirildi.

‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖ 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati 

"SIRDARYO MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI" FILIALI kanaliga

obuna bo‘ling! 

https://t.me/SirdaryoMET_Axborot