2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
SIRDARYO VILOYATI: 110/35/10 kV kuchlanishli «Doston» podstansiyasiga yangi, yuqori quvvatli transformator o‘rnatildi
  • 29.10.2025
  • 97

Avval xabar berganimizdek, 2025/2026-yil kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish maqsadida “Sirdaryo magistral elektr tarmoqlari” filiali tasarrufidagi 110/35/10 kV kuchlanishli “Doston” podstansiyasida modernizatsiya-rekonstruksiya ishlari amalga oshirildi.

⚙️ Mazkur podstansiyada quvvati 10 000 kVA bo‘lgan transformator yillar davomida ishonchli xizmat qilib kelgan edi. Biroq, so‘nggi yillarda aholi sonining birmuncha darajada ko‘payishi va ishlab chiqarish korxonalarining faoliyati kengayib, ularning soni oshgani tufayli elektr tarmoq va podstansiyalarga yuklamalar sezilarli darajada ortdi.

Shu munosabat bilan, taqsimlovchi tarmoqlarni barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida, eski transformator o‘rniga quvvati 16 000 kVA bo‘lgan zamonaviy va yuqori ishonchlilikka ega transformator o‘rnatildi.

⚡️  Uskuna o‘rnatilishi natijasida tarmoqdagi uzatish barqarorligi oshdi, elektr  ta’minoti ishonchliligi sezilarli darajada yaxshilandi.

Ma’lumot o‘rnida: “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati generatsiya jarayonida hosil bo‘lgan elektr energiyasini magistral elektr tarmoqlari va yuqori kuchlanishli podstansiyalar orqali taqsimlovchi tarmoqlarga uzatish (transportirovka), shuningdek, elektr energiyasi davlatlararo tranziti bilan shug‘ullanadi.

‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖ 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

❗️ «SIRDARYO MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI kanaliga obuna bo‘ling!

https://t.me/SirdaryoMET_Axborot