

"Toshkent magistral elektr tarmoqlari" filial xodimlari tomonidan energetika obyektlari hududida estetika-profilaktika hamda podstansiya uskunalarida joriy ta’mirlash ishlari olib borildi.
Jumladan:
⚙️ Bo'ka tumanida joylashgan 35/10 kV kuchlanishli "Ko'k orol" podstansiyasida 2500 kVA quvvatli T-1 transformatorni estetik holatini yangilash va dispetcherlik nomlarni yangilash ishlari amalga oshirildi.
⚙️ Parkent tumanida joylashgan 35/10 kV kuchlanishli "Yoshlik" podstansiyasida 4000 kVA quvvatli T-1 hamda T-2 transformatorlarni tozalash, dispetcherlik nomlarni yangilash va estetik holatni yaxshilash ishlari amalga oshirildi.
⚙️ Angren shahrida joylashgan 35/6 kV kuchlanishli "Ertosh" podstansiyasining ochiq taqsimlash qurilmasidagiT-2 transformatorida estetik holatni yaxshilash ishlari amalga oshirildi.

Mazkur ta’mirlash-sozlash ishlari taqsimlovchi tarmoqlarga elektr energiyasini barqaror uzatishni ta’minlashga, shuningdek, kuz-qish mavsumida elektr ta’minotida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan uzilishlar sonini kamaytirishga xizmat qiladi.
⚡️ Ma’lumot o‘rnida: «Toshkent magistral elektr tarmoqlari» filiali mutaxassislari tomonidan 2025–2026-yil kuz-qish mavsumi davomida generatsiya jarayonida hosil bo‘lgan elektr energiyasini taqsimlovchi tarmoqlarga barqaror yetkazish uchun barcha kuch va resurslar safarbar etilgan.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati
❗️ «TOSHKENT MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI kanaliga
a’zo bo’ling!