2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI: 35/6 kV kuchlanishli "Jasliq" podstansiyasida rejali ta’mirlash ishlari olib borildi
  • 31.10.2025
  • 80

✍️ "Qoraqalpog‘iston magistral elektr tramoqlari" filialiga qarashli 35/6 kV kuchlanishli "Jasliq" podstansiyasida elektr uskunalarining ishlash holatini yaxshilash maqsadida texnik xizmat ko‘rsatish ishlari amalga oshirildi.

⚙️ Olib borilgan ishlar quyidagicha:

► Kuch transformatori texnik tekshiruvdan o‘tkazildi;

► Kuch transformatorining kiritkichlaridagi (ввод) moy sizib chiqishi nuqsonlari bartaraf etildi;

► Kuch transformatorining moy sathi meyyoriga keltirildi;

► Moyli o‘chirgichlarning izolyatorlari tozalandi;

► Shinlar seksiyasidagi izolyatorlar tozalandi.

 Ushbu profilaktik ishlar kuz-qish mavsumida generatsiya jarayonida hosil bo‘lgan elektr energiyasini taqsimlovchi tarmoqlarga barqaror yetkazish uchun xizmat qiladi.

 

‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖ 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

❗️ «QORAQALPOG‘ISTON MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI kanaliga a’zo bo’ling!

http://t.me/QoraqalpogistonMET_Axborot