2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
XORAZM VILOYATI: 110/10 kV kuchlanishli “Cholish” joriy ta'mirlash ishlari bajarildi
  • 01.11.2025
  • 38

⚙️ “Xorazm magistral elektr tarmoqlari” filiali mutaxassislari tomonidan kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish maqsadida 110/10 kV kuchlanishli “Cholish” podstansiyasida joriy ta’mirlash ishlari amalga oshirildi.

Ta’mirlash jarayonida podstansiyaning asosiy qurilmalaridan biri — 110 kV kuchlanishli Т-2 transformatorga hamda 10 kV kuchlanishli tashqi komplektli taqsimlash qurilmasiga (KRUN) xizmat ko‘rsatish va joriy ta’mirlash ishlari bajarildi. Mazkur ishlar elektr tarmog‘ining ishonchliligini oshirish, avariyaviy holatlarning oldini olishga xizmat qiladi.

⚡️ “Xorazm magistral elektr tarmoqlari” filiali mutaxassislari tomonidan barcha ishlar xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya etilgan holda bajarildi.

Shuningdek, podstansiya uskunalarining kuz-qish mavsumidagi yuklamalarga tayyorgarlik darajasi to‘liq tekshirilib, zarur profilaktik tadbirlari amalga oshirildi.

‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖ 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

❗️“Xorazm magistral elektr tarmoqlari” filiali

http://t.me/XorazmMET_Axborot