

Taqsimlovchi tarmoqlarga (iste’molchilarga) barqaror elektr energiyasini yetkazib berilishini ta’minlash maqsadida “Xorazm magistral elektr tarmoqlari” filiali tomonidan yuqori kuchlanishli podstansiyalarida reja-jadval asosida profilaktik va joriy ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.
Jumladan, 110/35/10 kV kuchlanishli “Urganch” podstansiyasining elektr qurilmalarida joriy ta’mirlash ishlari muvaffaqiyatli yakunlandi.
⚙️ Ta’mirlash jarayonida:
► Qurilmalarining mexanik va elektr qismlari ko‘zdan kechirildi;
► Izolyatsiya holati va kontakt ulanishlari tekshirildi;
► Zarur sozlash va mustahkamlash ishlari bajarildi.
Natijada podstansiya uskunalarining ishlash samaradorligi oshib, butun tarmoq bo‘yicha elektr energiyasining barqaror ta’minoti yo‘lga qo‘yildi.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmat
❗️“Xorazm magistral elektr tarmoqlari” filiali