

⚙️ “Andijon magistral elektr tarmoqlari” filiali mutaxassislari tomonidan 110/35/10 kV kuchlanishli “So'fiqishloq” podstansiyasida joriy ta’mirlash ishlari bajarildi.
Ta’mirlash davomida T-2-16000 kVA kuch transformatori hamda uning ulanmalari nazorat ko‘rikdan o‘tkazilib, mavjud kamchiliklar bartaraf etildi. Releli himoya, avtomatika tizimlari va boshqa muhim elementlar sozlanib, podstansiyaning umumiy ish faoliyati yanada barqarorlashtirildi.
⚡️ Filial mutaxassislari tomonidan generatsiya jarayonida ishlab chiqarilgan elektr energiyasini taqsimlovchi tarmoqlarga barqaror va ishonchli yetkazib berish uchun barcha kuch va texnik imkoniyatlar safarbar etilgan.
Maqsad — energiya ta’minotida uzilishlarga yo‘l qo‘ymaslik, tarmoq barqarorligini ta’minlash va elektr energiyasining ishonchli uzatilishini kafolatlash.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmat
❗️ “Andijon magistral elektr tarmoqlari” filiali