2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
ENERGETIKA VAZIRLIGI: “M-25” konida vaziyat barqaror va mutaxassislar nazorati ostida
  • 03.11.2025
  • 15

#rasmiy_xabar

Kecha, 2-noyabr kuni Boysun tumanidagi “M-25” konining 202-son gaz qudug‘ida avvaldan yoqib qo‘yilgan olovning vaqtincha so‘nish holati kuzatilgan. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, bu holat kondagi geologik jarayon natijasida yuz bergan.

Shundan so‘ng havoga zararli moddalar tarqalishini oldini olish maqsadida gaz tezkor ravishda yana yoqib qo‘yilgan.

Ushbu jarayon atrof-muhit ifloslanishining oldini olishda standart yondashuv hisoblanadi va xalqaro sanoat xavfsizligi talablariga to‘la javob beradi. Hozirgi vaqtda vaziyat barqaror va mutaxassislar nazorati ostida turibdi.

Shuni alohida takidlash kerakki, bu avvaldan konni jilovlash ishlarini olib borish jarayonidagi holat bo‘lib, u yerda hech qanday kutilmagan vaziyatlar kuzatilmagan.

Ma’lumot uchun, mazkur holat 2025-yil 3-noyabr kuni soat 01:29 da qayd etilgan zilzila bilan bog‘liq emas.

Manba: https://t.me/minenergy_uz/18067

‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖ 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati