2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
XORAZM VILOYATI: «Beregin» hamda «Madaniyat» podstansiyalarida kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazishga qaratilgan profilaktika ishlari olib borildi
  • 04.11.2025
  • 31

⚙️ 110/35/10/6 kV kuchlanishli “Beregin” podstansiyasida olib borilayotgan ta’mirlash jarayonida transformatorlar, elekter jihozlar, himoya va boshqaruv tizimlari, shuningdek, o‘lchov asboblari sinchiklab ko‘rikdan o‘tkazilib, eskirgan qismlar almashtirildi Mutaxassislar tomonidan barcha texnik me’yor va xavfsizlik talablariga qat’iy amal qilindi.

⚙️ 110/10 kV kuchlanishli "Madaniyat" podstansiyasida olib borilayotgan ta’mirlash jarayonida quvvati 10 000 kVA bo‘lgan T-1 transformator hamda 10 kV kuchlanishli tashqi komplektli taqsimlash qurilmasi (KRUN-10) joriy ta’mirdan chiqarildi. Shuningdek, elektr jihozlarining texnik holati sinchiklab ko‘zdan kechirilib, zarur qismlari yangilandi va profilaktik sinovlar o‘tkazildi.

Natijada podstansiya uskunalarining ishlash samaradorligi oshib, butun tarmoqda elektr energiyasi barqaror va sifatli yetkazib berilishi ta’minlanadi.

Ushbu chora-tadbirlar podstansiya uskunalarining ishonchli ishlashini ta’minlash, elektr energiyasining barqaror va sifatli yetkazilishiga xizmat qiladi.

‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖ 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmat 

❗️“Xorazm magistral elektr tarmoqlari” filiali 

http://t.me/XorazmMET_Axborot