2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
JIZZAX VILOYATI:"Aholini zilzilaga tayyorlash haftaligi" doirasidagi navbatdagi seminar tashkil etildi
  • 05.11.2025
  • 26

⚠️ Respublika miqyosida o‘tkazilayotgan “Aholini zilzilaga tayyorlash haftaligi” doirasida Jizzax viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari tomonidan "Jizzax magistral elektr tarmoqlari" filialida seminar o‘tkazildi.

Tadbirning asosiy maqsadi — obyektda faoliyat yuritayotgan xodimlarning tabiiy ofatlar, xususan zilzila kabi favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilish bo‘yicha bilim va amaliy ko‘nikmalarini oshirishdan iborat bo‘ldi.

Seminarda FVB xodimlari tomonidan zilzilalar vaqtida xavfsizlik qoidalariga rioya etish, evakuatsiya chog‘ida harakatlanish tartibi, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish, shuningdek, muhim hujjatlar va texnik vositalarni himoya qilish bo‘yicha batafsil ma’lumotlar berildi.

Tadbir davomida korxona xodimlari bilan savol-javob o‘tkazilib, ularning favqulodda vaziyatlarda harakatlanish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalari yanada mustahkamlandi.

‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖ 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

❗️«JIZZAX MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI

http://t.me/JizzaxMET_Axborot