2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Korrupsiyaga qarshi kurashish
Aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi korrupsiyaga qarshi kurashish va uni oldini olish bo‘yicha navbatdan tashqari yig‘ilish o‘tkazdi
  • 06.11.2025
  • 56

Kecha, 2025-yil 5-noyabr kuni “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi D.A.Isaqulov tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish va uni oldini olishga qaratilgan navbatdan tashqari yig‘ilish o‘tkazildi.

Ushbu yig‘ilishda boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari A.Nazirov, Xodimlar bilan ishlash, kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash boshqarmasi boshlig‘i I.Xamidov, Xavfsizlik va maxsus ishlar boshqarmasi boshlig‘i S.Haydarov, Muvofiqlik tizimi komplayens xizmati boshlig‘i A. Raxmonov, shuningdek, Aksiyadorlik jamiyating hududiy filiallari direktorlari va bosh muhandislari ishtirok etishdi.

Yig‘ilishda Aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi D.A.Isaqulov tomonidan korrupsiyaga mutlaqo toqatsizlik, korrupsiya bilan bog‘liq har qanday xatti-harakatlarda qatnashmaslik, boshqa shaxslarning manfaatlari yo‘lida harakat qilmaslik, pora olish yoki xizmat mavqeidan noqonuniy foydalanmaslik, taʼmagirlikka yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan qonun talablariga muvofiq tushuntirishlar berib, bu yo‘nalishda profilaktik ishlarning samarasi yuqori ekanini alohida taʼkidlab o‘tdi.

Shuningdek, yig‘ilishdagi muhokamalarda har bir rahbar va xodim o‘z mehnat faoliyatida yuridik va jismoniy shaxslar bilan munosabatlarda doimo pok, halol, adolatli va mustaqil bo‘lishi, mansab majburiyatlarini bajarishda barcha korrupsiyaning ko‘rinishlariga qarshilik ko‘rsatishi, shu bilan birga, korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha qonunlar va ichki tartib-qoidalarga qatʼiy rioya qilinishi zarurligi to‘g‘risida eslatib o‘tildi.

Aksiyadorlik jamiyati faoliyati tizimida korrupsiya bilan bog‘liq huquqbuzarliklarni oldini olish, profilaktika qilish va ularga barham berishga qaratilgan vazifa va yo‘nalishlar belgilab olinib, korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash, baholash, shuningdek, ularni kamaytirish bo‘yicha tadbirlar amalga oshirish lozimligi bo‘yicha rahbar va mutaxassislarga vazifalar belgilandi.

Shu bilan birga, “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati va uning hududiy filiallarida xodimlarning huquqiy ongini, huquqiy madaniyatini oshirish hamda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish maqsadida tizimli ravishda targ‘ibot tadbirlari, o‘quv seminarlari, treninglar, brifinglar va davra suhbatlari tashkil etilishi yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.

 

Aholi va davlat xizmatchilarining huquqiy ongi hamda madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasizlik muhitini shakllantirish bo‘yicha «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati Axborot xizmati tomonidan olib borilgan targ‘ibot-tashviqot ishlari jadvali /havolalari/ (2024-yil 4-chorakdan 2025-yil 4-chorakgacha)

 

 Muvofiqlik tizimi (komplayens) xizmati

 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

https://t.me/uzmetaxborotxizmati