2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
Aksiyadorlik jamiyati mutaxassislari elektr energetika tarmog‘i innovatsion ishlanmalari taqdimoti bilan tanishdilar
  • 07.11.2025
  • 33

Bugun, 2025-yil 7-noyabr kuni “O‘zbekiston MET” AJ mutaxassislari uchun polimer (silikon/kompozit) izolyatorlar va kabel birikmalarini ishlab chiqaruvchi SEFAG — Pfisterer kompaniyasi o'z mahsulotlarining innovatsion ishlanmalarini namoyish qildi. 

Taqdimot uchrashuvi davomida ishtirok etgan mutaxassislari e’tirof etishicha, yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlarini qurishga oid 2008-yilda boshlanib ishga tushirilgan loyihada aynan shu turdagi polimer izolayorlar ishlatilgan va hanuz samarali ekspluatatsiya etilmoqda.  

Eslatib o‘tamiz, Aksiyadorlik jamiyatida yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlarini ekspluatatsiya qilishda yangi ishlanmalar — innovatsion texnologiyalarga oid taqdimotlar tez-tez o‘tkazilib turiladi. Shuningdek, elektr energetika tarmog‘iga mo‘ljallangan yangi texnologiya va zamonaviy uskuna hamda qurilmalarni ishlab chiqarishda ularning tahliliy muhokamasini bevosita elektr tarmoqlari ekspluatatsiyasida mehnat faoliyati yuritayotgan mutaxasslar ishtirokida o‘tkazish an’anasi mavjud.

‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖ 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati