

⚙️ “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ tarkibidagi “Namangan magistral elektr tarmoqlari” filiali mutaxassislari tomonidan 110/6 kV kuchlanishli “Qorabog‘” podstansiyasida rejalashtirilgan joriy ta’mirlash ishlari muvaffaqiyatli amalga oshirildi.
Mazkur ta’mirlash ishlari doirasida elektr jihozlarining texnik holati sinchkovlik bilan ko‘zdan kechirildi, zarur ehtiyot qismlar yangilandi hamda podstansiyaning ishonchli ishlashi uchun barcha texnik me’yorlarga rioya qilindi.
⚡️ Bunday profilaktik ishlar elektr energiyasi uzatish tizimining barqarorligini ta’minlash, iste’molchilarga uzluksiz va sifatli elektr energiyasi yetkazib berish hamda texnik nosozliklarning oldini olishga xizmat qiladi.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati
❗️ “Namangan magistral elektr tarmoqlari” filiali kanaliga obuna bo‘ling!