2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
Jizzax viloyati prokurori rahbarligidagi ishchi guruh tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi
  • 07.11.2025
  • 13

✍️ Bugun, 2025-yil 7-noyabr kuni Jizzax viloyati prokurori B.T.Ibrohimov rahbarligidagi ishchi guruh tomonidan qish mavsumida aholi xonadonlari va ijtimoiy soha obyektlariga energiya resurslarini uzluksiz yetkazib berish hamda mavsumni betalofat o‘tkazish maqsadida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan o‘rganishlar olib bordi.

⚡️ “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ "Jizzax magistral elektr tarmoqlari" filialiga qarashli Jizzax shahrida joylashgan 220/110/10 kV kuchlanishli “Jizzax” podstansiyasida ish jarayoni o‘rganilib, avariyaviy holatlarda zarur bo‘ladigan texnik vositalarning mavjudligi, shuningdek, kuz-qish mavsumida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan avariyaviy holatlarning oldini olish va uskunalarning texnik holati ko‘zdan kechirildi.

Bundan tashqari, "Jizzax magistral elektr tarmoqlari" filialidagi o‘rganish yakunida mas’ullarga aholi xonadonlari, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy soha obyektlariga energiya resurslarini uzluksiz yetkazib berish hamda mavsumni betalofat o‘tkazish bo‘yicha ishlarni kuchaytirish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.

‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖ 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

❗️«JIZZAX MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI

http://t.me/JizzaxMET_Axborot