2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
NAMANGAN VILOYATI: Magistral elektr tarmoqlaridagi ishonchlilik va xavfsizlik doimiy e’tibor markazida
  • 08.11.2025
  • 57

“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ “Namangan magistral elektr tarmoqlari” filiali mutaxassislari tomonidan 220/110/10 kV kuchlanishli “Sardor” podstansiyasida rejalashtirilgan texnik xizmat ko‘rsatish ishlari amalga oshirildi.

⚙️ Ishlar davomida:

   ♦   elektr qurilmalari korroziyaga qarshi maxsus bo‘yoq bilan qoplandi;

   ♦   dispetcherlik atamalari yangilanib, zamonaviy talab va standartlarga moslashtirildi.

⚡️ Mazkur tadbirlar podstansiya uskunalarining xizmat muddatini uzaytirish, tizimdagi elektr energiyasi uzluksizligini ta’minlash hamda dispetcherlik boshqaruvini takomillashtirishga xizmat qiladi.

“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ jamoasi generatsiya jarayonida hosil bo‘lgan elektr energiyasini taqsimlovchi tarmoqlarga barqaror uzatish (transportirovka) maqsadida texnik xizmat ko‘rsatish, profilaktika va modernizatsiya ishlarini izchil davom ettirmoqda.

Shu bilan birga, bu kabi ishlar “Hududiy elektr tarmoqlari” AJdan “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ tasarrufiga qabul qilingan 110/35 kV kuchlanishli podstansiyalarda ham bosqichma-bosqich davom ettirilmoqda.

Ushbu chora-tadbirlar orqali mavjud energetika infratuzilmasi yanada yangilanib, iste’molchilarga elektr energiyasini yetkazib berish sifati va ishonchliligi oshmoqda.

Har bir bajarilayotgan loyiha va xizmat ko‘rsatish jarayoni — bu tizim ishonchliligi, xavfsizlik darajasi va energiya ta’minoti sifatini oshirish sari qo‘yilgan muhim qadam hisoblanadi.

⚙️ Mutaxassislar tomonidan olib borilayotgan texnik chora-tadbirlar natijasida elektr tarmoqlarining samaradorligi ortib, energetika infratuzilmasi yanada mustahkamlanmoqda.

‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖ 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

❗️ “Namangan magistral elektr tarmoqlari” filiali kanaliga obuna bo‘ling!

https://t.me/NamanganMET_Axborot