2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
XORAZM VILOYATI: Elektr tarmog‘ining ishonchliligi oshirilmoqda
  • 10.11.2025
  • 50

⚙️ "Xorazm magistral elektr tarmoqlari" filiali mutaxassislari tomonidan 110 kV kuchlanishli "L-30-X-1" elektr uzatish tarmog‘i bo‘ylab reja asosida texnik ko‘rikdan o‘tkazish ishlari amalga oshirildi. Ushbu ko‘rik jarayonida tarmoqda ayrim texnik kamchiliklar aniqlandi va ularni bartaraf etish bo‘yicha tezkor choralar ko‘rildi.

Xususan, vaqt o‘tishi bilan o‘zining izolyatsiya xususiyatlarini yo‘qotgan nuqsonli izolyatorlar demontaj qilinib, yangilari bilan almashtirildi. Shuningdek, tayanchlar ostida xavfsiz va qulay xizmat ko‘rsatish sharoitini yaratish maqsadida hudud begona o‘tlar va yovvoyi o‘simliklardan tozalandi.

Ma'lumot o’rnida: O‘zbekiston Respublikasining magistral elektr tarmoqlaridan foydalanish, ularni rivojlantirish, podstansiyalarni ekspluatatsiya qilish, elektr energiyasini yetkazib berish, shuningdek, davlatlararo tranzit va hamkorlikni amalga oshirish — «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJning asosiy faoliyat yo‘nalishlaridan hisoblanadi.

‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖ 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

 ❗️“Xorazm magistral elektr tarmoqlari” filiali

http://t.me/XorazmMET_Axborot