2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
SURXONDARYO VILOYATI: 110/35/6 kV kuchlanishli “Termiz” podstansiyasida modernizatsiya va rekonstruksiya ishlari olib borilmoqda
  • 10.11.2025
  • 46

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-dekabrdagi tegishli qarori hamda "O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari" AJ ning manzilli dasturi asosida, “Osiyo taraqqiyot banki” va “Fransiya taraqqiyot banki” mablag‘lari hisobiga amalga оshirilayotgan 3284-sonli “Magistral elektr tarmoqlari va nimstansiyalarini modernizatsiya hamda rekonstruksiya qilish to‘g‘risidagi qaror doirasida ishlar jadal davom etmoqda.

“Surxondaryo magistral elektr tarmoqlari” filiali tasarrufidagi 110/35/6 kV kuchlanishli “Termiz” podstansiyasida quyidagi ishlar rejalashtirilgan:

   ♦   2 dona 40 000 kVA quvvatli kuch transformatorlarini o‘rnatish;

   ♦   7 dona 35 kV kuchlanishli yopiq taqsimlovchi qurilmalarni (YTQ) yangilash;

   ♦   6 kV kuchlanishli yopiq taqsimlovchi qurilmalarni zamonaviy turiga almashtirish;

   ♦   OD-110 kV qurilmasini elegazli o‘chirgichlarga almashtirish.

 ⚙️  Shu bilan birga,filial xodimlari tomonidan 2025–2026-yil kuz–qish mavsumi davomida ish rejasi va kunlik topshiriqnomalar аsosida navbatdan tashqari nazorat ko‘riklari hamda ta’mirlash-sozlash ishlari 24/7 rejimida bajarilmoqda.

Barcha ishlar mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi qoidalariga qatʼiy  rioya etilgan holda amalga oshirilmoqda.

Yangiliklardan birinchi bo‘lib boxabar bo‘ling!
    

‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖ 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

❗️ «Surxondaryo magistral elektr tarmoqlari» filiali kanaliga obuna bo‘ling!

http://t.me/SurxondaryoMET_Axborot