
Bugun, 2025-yil 10-noyabr kuni soat 17:17 «Toshkent shahar hududiy elektr tarmoqlari» MCHJ tasarrufidagi L-Dok-1-110 kV elektr uzatish tarmog‘i 100 MVt yuklama ostida avariyaviy o‘chgan edi. Bu paytda L-Dok-2-110 kV liniyasi taʼmirlash jarayonida bo‘lgan. Natijada Toshkent shahrining Olmazor, Yunusobod tumanlari hamda Toshkent viloyatining Toshkent tumani isteʼmolchilari elektr taʼminotidan uzilishlar kuzatilgan.
⚡️ Soat 17:42 da L-Dok-1-110 kV tarmog‘i qo‘lda qayta ulangan, ammo soat 18:13 da mazkur tarmoqda uzilish qayta sodir bo‘ldi. Favqulodda o‘chish oqibatida Toshkent shahar Olmazor, Yunusobod tumanlari va Toshkent viloyatining Toshkent tumani isteʼmolchilari elektr taʼminotidan uzilgan.
⚙️ Ayni paytda masʼul xodimlar va navbatchi brigadalar tomonidan nosozlik sabablari aniqlanib, isteʼmolchilarga kuchlanish berish choralari ko‘rilmoqda.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati