

«Toshkent magistral elektr tarmoqlari» filiali mutaxassislari tomonidan quyidagi texnik prifilaktika ishlari amalga oshirilmoqda.
⚙️ Angren shahrida joylashgan 35/6 kV kuchlanishli «Zovur» podstansiyasida T-1 va T-2 Transformatorlarga qo‘shimcha moy quyish ishlari amalga oshirildi.
⚙️ Bo‘stonliq tumanida joylashgan 35/10 kV kuchlanishli «Qirg‘oq» podstansiyasida T-1 va T-2 transformatorlarda moy quyish ishlari amalga oshirildi.
⚙️ Bo'ka tumanida joylashgan 35/10 kV kuchlanishli «Bo'ka-1» podstansiyasida 10 000 kV T-2 transformatorni RPNnidan kuchlanishini ko‘tarish hamda 6 300 kV T-1 transformatorini 10 kV izolyatoridagi moy oqishini to‘xtatish, qo‘shimcha moy quyish ishlari amalga oshirildi.

Mazkur ishlar elektr uskunalarining ishonchli va xavfsiz ishlashini ta’minlash, yong‘in xavfining oldini olish hamda podstansiya hududining estetik holatini yaxshilash maqsadida amalga oshirildi. Podstansiya atrofidagi begona o‘tlar o‘rib tashlandi, hudud tashqi ko‘rinishi tartibga keltirildi. Ushbu chora-tadbirlar texnik xavfsizlikni ta’minlash hamda yong‘in xavfining oldini olishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Ta’mirlash davomida elektr qurilmalar nazorat ko‘rikdan o‘tkazilib, mavjud kamchiliklar bartaraf etildi. Releli himoya, avtomatika tizimlari va boshqa muhim elementlar sozlanib, podstansiyaning umumiy ish faoliyati yanada barqarorlashtirildi.
Filial mutaxassislari tomonidan generatsiya jarayonida ishlab chiqarilgan elektr energiyasini taqsimlovchi tarmoqlarga barqaror va ishonchli yetkazib berish uchun barcha kuch va texnik imkoniyatlar safarbar etilgan.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati
❗️«TOSHKENT MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI
kanaliga a’zo bo’ling! http://t.me/ToshkentMET_Axborot