

“Surxondaryo magistral elektr tarmoqlari” filiali mutaxassislari tomonidan Boysun tumanida joylashgan 110/35/10 kV kuchlanishli “Olmazor” podstansiyasida rejalashtirilgan joriy ta’mirlash-sozlash ishlari bajarildi.
⚙️ Ta’mirlash jarayonida: podstansiyaning asosiy texnik uskunalari to‘liq ko‘rikdan o‘tkazilib, aniqlangan kamchiliklar bartaraf etildi. Chiquvchi fiderlardagi nosozliklar bartaraf qilindi, tok transformatlari yuqori quvvatdagilariga almashtirildi. Shuningdek, releli himoya va avtomatika tizimlari sozlanib, barcha muhim elementlarning ishonchli ishlashi ta’minlandi.
⚡️ Maqsad — energiya ta’minotida uzilishlarga yo‘l qo‘ymaslik, tarmoq barqarorligini oshirish va elektr energiyasining ishonchli uzatilishini kafolatlashdir.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati
❗️ «Surxondaryo magistral elektr tarmoqlari» filiali kanaliga obuna bo‘ling!