

"Andijon magistral elektr tarmoqlari" fililali tasarrufidagi, Andijon tumanida joylashgan 110/10 kV kuchlanishli "Sho‘ro" hamda Xo‘jaobod tumanida joylashgan 110/10 kV kuchlanishli "Xidirsha" podstansiyalari 110 kV kuchlanishli bir tomonlama ta’minlanuvchi elektr uzatish tarmog'iga ulangan edi.
⚡️ Filial mutaxasislari tomonidan elektr ta‘minoti ishonchliligini oshirish maqsadida ushbu podstansiyalar bir-biriga aloqasi bo‘lmagan ikkita elektr uzatish tarmog‘iga ulanmoqda.
Ma'lumot o‘rnida: 110/10 kV kuchlanishli "Xidirsha" podstansiyasiga uzunligi 0,9 km bo‘lgan 110 kV kuchlanishli "Zavroq" elektr uzatish tarmog'i qurib ishga ishga tushirildi. Hozirda "Xidirsha" podstansiyasi 110 kV kuchlanishli "Birlashgan" va "Zavroq" elektr uzatish tarmog‘i orqali elektr ta’minoti bilan quvvatlanmoqda.
110/10 kV kuchlanishli "Sho‘ro" podstansiyasiga kiruvchi 110 kV kuchlanishli "Izboskan" havo tarmog'ini kirish va chiqish elektr uzatish tarmog'i qilish uchun kerakli elektr qurilmalar o‘rnatilmoqda. Natijada 110 kV kuchlanishli "Izboskan" havo tarmog'ida nosozlik sodir bo'lgan vaqtda "Sho‘ro" podstansiyasi 110 kV kuchlanishli "Boykechik" elektr uzatish tarmog‘i orqali elektr ta’minoti bilan quvvatlanadi.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati
❗️ “Andijon magistral elektr tarmoqlari” filiali