2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
Energetika vazirligi innovatsion faoliyat bo‘yicha eng ilg‘or vazirliklar uchligida e’tirof etildi
  • 12.11.2025
  • 9

Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan o‘tkazilgan davlat tashkilotlari va hududlarning innovatsion faoliyatini baholash natijalariga ko‘ra, Energetika vazirligi respublika miqyosida eng yuqori uchlikdan joy oldi.

Shuningdek, soha tarkibidagi “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ va “O‘ztransgaz” AJ ham innovatsion faoliyat bo‘yicha xizmat ko‘rsatish yo‘nalishida yetakchi uchlikda e’tirof etilgan.

Bundan tashqari, ishlab chiqarish korxonalari orasida “O‘zbekneftgaz” AJ va “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ kuchli beshlikdan joy olgan.

Bu natija — sohada yangi texnologiyalarni joriy etish, raqamlashtirish va ilmiy yondashuv asosida ishlash yo‘lida amalga oshirilayotgan islohotlarning samarasidir.

 

Manba: https://t.me/minenergy_uz/18177

‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖ 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati