

220 kV kuchlanishli «Ozodlik» podstansiyasi hududida ochilgan «Tezkor xodimlarni tayyorlsh» o‘quv markazida magistral elektr tarmoq navbatchi xodimlari hamda TDTU talabalarining bilim-malakasi oshirilmoqda.
Misol uchun, Markaz boshlig‘ining o‘rinbosari Faxriddin Normurodov tomonidan «Xavfsizlik texnikasi qoidalari», «O‘zbekiston MET» AJ Releli himoya va avtomatika xizmati boshlig‘ining o‘rinbosari Otabek Melikuziyev «Releli himoya va avtomatikasi uskunalaridan foydalanish» mavzusida Aksiyadorlik jamiyati tasarrufidagi filiallardan tashrif buyurgan 20 nafar navbatchi elektr montyor xodimlar malakasini oshirish kurslarini muvaffaqiyatli yakunlashdi.
⚡️ Mutaxassislar tomonidan xavfsizlik texnikasi qoidalari hamda tashkiliy va texnik tadbirlarning to‘g‘ri qo‘llanilishi haqida, shuningdek, navbatchi xodimlar xushyorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha ko‘rsatmalar berildi.
❗️ Maqsad bitta — elektr montyor xodimlarning bilim-ko‘nikmalarini oshirish, mehnat muhofazasi yo‘nalishidagi bilimlarini mustahkamlash, amaldagi qonun-qoida, yo‘riqnoma va standartlarga rioya etilishini taʼminlash, baxtsiz hodisalarning oldini olish.
Shu bilan birga, «Tezkor xodimlarni tayyorlsh» o‘quv markazida o‘tkazilayotga o‘quv-mashg'ulotlari malakali mutaxassislar tomonidan tasdiqlangan metodika va interfaol uslublar orqali tashkillashtirilmoqda.
Misol uchun, «O‘zbekiston MET» AJ Situatsion tahlil boshqarmasi boshlig‘i Mirali Komilov «Murakkab almashlab ulash ishlari» mavzusi bo‘yicha amaliy mashg‘ulot o‘tkazildi. TDTU assisenti, o‘qituvchi Nodir Pulatov tomonidan «Sinxron generatorlarini energetik tizimga ulash» mavzusida darslar o‘tildi.
✍️ O‘quv mashg‘ulotlari so‘ngida mutaxassislar tomonidan tinglovchi hamda talabalarga xavfsizlik texnikasi qoidalari va tashkiliy va texnik tadbirlarning to‘g‘ri qo‘llanilishi haqida qo‘shimcha topshiriqlar berildi.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati
❗️ «TOSHKENT SHAHAR MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI kanaliga a’zo bo’ling!