

Kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish maqsadida “Sirdaryo magistral elektr tarmoqlari” filiali tasarrufidagi 110/35/10 kV kuchlanishli “Baxt” podstansiyasida texnik profilaktika ishlari amalga oshirildi.
⚙️ Ta’mirlash jarayonida 110 kVli ochiq taqsimlash qurilmasi (ORU-110 kV) T1 va 10 kV kuchlanishli TSN T1 qurilmalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazish, zarur ehtiyot qismlarni almashtirish, shuningdek, estetik holatini yaxshilash bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar bajarildi.
Xususan, podstansiyadagi asosiy uskunalar bo‘yoqlanib, ularning tashqi ko‘rinishi yangilandi. Bu esa nafaqat jihozlarning xizmat muddatini uzaytirish, balki obyektda mehnat xavfsizligini ta’minlashga ham xizmat qiladi.
⚡️ Ishlar elektr xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya qilingan holda amalga oshirildi.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati
❗️ "SIRDARYO MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI" FILIALI kanaliga obuna bo‘ling!