2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
SAMARQAND VILOYATI: 110/10 kV kuchlanishli “Mikrorayon” podstansiyalarida profilaktika ishlari olib borildi
  • 14.11.2025
  • 27

110/10 kV kuchlanishli “Mikrorayon” podstansiyasining V-122 chiqish liniyasida aniqlangan nuqsonlarni bartaraf etish, tarmoqlarni ko‘zdan kechirish va tokni qisqa tutashuvdan himoya qilish tizimi (TKZ) bo‘yicha reja-jadval asosida nazorat ko‘rigi (tekshirish, ko‘zdan kechirish, tozalash, sozlash va ta’mirlash) ishlari bajarildi. Shuningdek, releli himoya va avtomatika tizimining ishlashi sinovdan o‘tkazildi.

⚙️  Ushbu ishlar elektr energiyasini taqsimlovchi tarmoqlarga uzluksiz yetkazib berishni ta’minlash, avariyaviy holatlarning oldini olish hamda uskunalarning ishonchli ishlashini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.

Barcha ishlar xavfsizlik texnikasi qoidalariga qat’iy rioya qilingan holda amalga oshirildi.

‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖ 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

❗️«SAMARQAND MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI

https://t.me/SamarqandMET_Axborot