2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
TOSHKENT VILOYATI: 35/6 kV kuchlanishli "Eshonguzar" va 110/35/10 kV kuchlanishli "Rovot" podstansiyalarida profilaktika ishlari olib borildi
  • 14.11.2025
  • 22

⚙️  Zangiota tumanida joylashgan 35/6 kV kuchlanishli "Eshonguzar" podstansiyasidan chiquvchi "Navro‘z" fiderida profilaktika ishlari amalga oshirildi.  Ta’mirlash davomida elektr qurilmalar nazorat ko‘rikdan o‘tkazilib, mavjud kamchiliklar bartaraf etildi. Releli himoya, avtomatika tizimlari va boshqa muhim elementlar sozlanib, podstansiyaning umumiy ish faoliyati yanada barqarorlashtirildi.

⚙️ Bo'ka tumanida joylashgan 110/35/10 kV kuchlanishli "Rovot" podstansiyasida 10 kVli ochiq taqsimlovchi qurilmasida "Baxmal" va "Tuyabo‘g‘iz" yachekalarda navbati bilan releli himoya va izolyatsiya kontaktlarni tekshirish ishlari amalga oshirildi. 

⚡️ Ushbu ishlar elektr energiyasini taqsimlovchi tarmoqlarga uzluksiz yetkazib berishni ta’minlash, avariyaviy holatlarning oldini olish hamda uskunalarning ishonchli ishlashini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.

Barcha ishlar xavfsizlik texnikasi qoidalariga qat’iy rioya qilingan holda amalga oshirildi.

‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖ 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

❗️«TOSHKENT MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI

kanaliga a’zo bo’ling! http://t.me/ToshkentMET_Axborot