

Bosh prokuror o‘rinbosari S.Samadov rahbarligida tashkil etilgan yig‘ilishda Energetika va Ichki ishlar vazirliklari, Soliq qo‘mitasi, O‘zenergoinspeksiya, “Milliy elektr tarmoqlari”, “Hududiy elektr tarmoqlari”, “Hududgazta’minot” jamiyatlari va ularning quyi tuzilma rahbarlari hamda hududiy va tuman (shahar) shtab a’zolari ishtirok etdi.
Unda, sohadagi dolzarb topshiriqlar ijrosi, yoqilg‘i-energiya resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish, ayniqsa, debitor qarzdorliklarni undirish va talon-toroj qilish holatlarini oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ahvoli tanqidiy muhokama qilindi.
Mas’ullarga qish mavsumini betalofat o‘tkazish, debitor qarzdorliklarni undirish, energiya resurslari bilan bog‘liq huquqbuzarliklarning oldini olish borasida ishlarni jadallashtirish haqida ko‘rsatmalar berildi.
Yig‘ilish yakunida mas’ul vazirlik va idora vakillarining hamda hududlardagi shtab a’zolarining tushuntirish va izohlari eshitildi.
Manba: https://t.me/Energoinspeksiya/8861
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati