

Sirdaryo viloyati, Boyovut tumani
✔️ 110/35/10 kV kuchlanishli "Gulzor" podstansiyasi
AVVALGI HOLATI:
Sirdaryo viloyati, Boyovut tumanida joylashgan 110/35/10 kV kuchlanishli "Gulzor" podstansiyasi 2025/2026-yil kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish maqsadida joriy ta’mirlash ishlari bajarildi.
⚙️ Misol uchun, quvvati 16 000 kVA bo‘lgan T-1 va T-2 transformatorlarining tashqi ko‘rinishi vaqt o‘tishi bilan metall qoplamalarida korroziya (zanglash) belgilari paydo bo‘lgan, ayrim qismlari eskirib, texnik xizmat ko‘rsatishni talab qilardi. Transformatorning bu holati elektr qurilmaning uzoq muddatli va ishonchli ishlashiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin edi.

Sirdaryo viloyati, Boyovut tumani
✔️ 110/35/10 kV kuchlanishli "Gulzor" podstansiyasi
ISH JARAYONI:
"Sirdaryo magistral elektr tarmoqlari" filial mutaxassislari tomonidan transformatorlar to‘liq ko‘zdan kechirilib, sirtidagi zang qatlamlari tozalandi va korroziyadan himoya qilish maqsadida maxsus bo‘yoq bilan bo‘yash ishlari amalga oshirildi. Bundan tashqari, texnik ko‘rsatkichlari tekshirib chiqildi va zarur sozlash ishlari bajarildi.

Sirdaryo viloyati, Boyovut tumani
✔️ 110/35/10 kV kuchlanishli "Gulzor" podstansiyasi
HOZIRGI HOLATI:
Bugungi kunda T-1 va T-2 transformatorlari to‘liq ta’mirdan chiqarilib, yangilangan ko‘rinishda ishga tayyor holatga keltirildi.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati
❗️"SIRDARYO MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI" FILIALI kanaliga obuna bo‘ling!