2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
NAMANGAN VILOYATI: Jahon bankining Markaziy Osiyo direktori 220/110/10 kV kuchlanishli «Sardor» podstansiyasida
  • 18.11.2025
  • 19

⚡️"Namangan magistral elektr tarmoqlari" filiali tarkibidagi 220/110/10 kV kuchlanishli «Sardor» podstansiyasiga Jahon bankining Markaziy Osiyo mintaqasi bo‘yicha rahbari janob Naji Benxasin tashrif buyurdi.

Bu tashrif "Magistral tarmoq podstansiyalarini modernizatsiya va rekonstruksiya qilish (Faza-1)" investitsiya loyihasi doirasida tashkil etildi. Ushbu loyiha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-sentabrdagi PQ–3284-sonli qaroriga muvofiq olib borilmoqda.

Loyihani "O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari" AJ Jahon banki mablag‘lari hisobidan moliyalashtirmoqda.

Asosiy maqsad — O‘zbekistonning elektr energiyasini uzatish tizimining ishonchliligi va mustahkamligini oshirish, shu bilan birga, eskirgan podstansiyalarni zamonaviy elektr uskuna va jihozlar bilan ta’minlab, energetika obyektini xalqaro texnik-muhandislik me’yorlarga mos ravishda yangilashdan iborat.

Modernizatsiya ishlari bilan tanishuv

► Tashrif chog‘'ida Jahon banki Markaziy Osiyo mintaqasi bo‘yicha rahbari loyiha doirasida bajarilgan qurilish va o‘rnatish ishlarini, yangi o‘rnatilgan transformatorlar, ilg‘or elektr jihozlari va raqamli boshqaruv tizimlarining faoliyatini bevosita ko‘zdan kechirdi.

► Mutaxassislar esa amalga oshirilayotgan texnik yangilanish ishlari, sifatni nazorat qilish usullari va ekspluatatsiya jarayonlari haqida atroflicha ma'lumotlarni taqdim etdilar.

✅ Natija va xulosa

Tashrif yakunida Jahon banki vakili amalga oshirilgan ishlarning sifatiga va loyiha ijrosining tashkiliy darajasiga yuqori baho berdi. Bu uchrashuv PQ–3284-sonli qarorga asosan boshlangan loyihaning amalda muvaffaqiyatli ketayotgani va xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlik O‘zbekiston energetika sohasining barqaror rivojlanishiga xizmat qilayotganini yana bir bor tasdiqladi. 

‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati 

❗️ “Namangan magistral elektr tarmoqlari” filiali

telegram kanaliga obuna bo‘ling! 

https://t.me/NamanganMET_Axborot