2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
SIRDARYO VILOYATI: 220–500 hamda 35–110 kV kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlarida profilaktika ishlari amalga oshirildi
  • 19.11.2025
  • 17

"Sirdaryo magistral elektr tarmoqlari" filiali tomonidan tarmoqlarning barqaror ishlashini ta’minlash maqsadida Xovos tumanidagi 500 kV kuchlanishli "L-521", 220 kV kuchlanishli "L-20 G-1", "L-Zarbdor" va 110 kV kuchlanishli "L-G‘alaba-1" havo elektr uzatish liniyalarida, shuningdek, Sayxunobod tumanida joylashgan 35/10 kV kuchlanishli "Sayxun" podstansiyasidan chiquvchi 35 kV kuchlanishli "L-NS-3" havo elektr uzatish liniyasida rejalashtirilgan texnik ta’mirlash ishlari bajarildi.

⚙️ Jumladan, yuqori kuchlanishli ustunlarga qushlar qo‘nishining oldini olish uchun moslamalar (ППЗ) ta’mirlandi va yangi moslamalar o‘rnatildi.

Shu bilan birga, yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlarining tayanch ustunlarini mustahkamlash, liniyalarning kontakt birikmalaridagi qizishlarni aniqlash va bartaraf etish kabi ishlar bajarildi. 

‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati 

❗️"SIRDARYO MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI" FILIALI

kanaliga obuna bo‘ling! 

https://t.me/SirdaryoMET_Axborot