

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 3-fevraldagi “Jahon banki ishtirokida “Elektr energetika sektorini transformatsiya qilish va barqaror elektr uzatish” loyihasini amalga oshirish hamda "Respublika magistral elektr tarmoqlari tizimini rivojlantirish va uning samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ-113-sonli qaroriga muvofiq “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan asosiy loyiha komponenti sifatida “Jahon banki ishtirokida magistral elektr tarmoqlari podstansiyalarni modernizatsiya va rekonstruksiya qilish (2-bosqich) investitsiya loyihasi amalga oshirilmoqda.
⚙️ 220/110/10/6 kV kuchlanishli “Traktorsoz”podstansiyasida o‘tkazilgan tender savdolari natijasiga ko‘ra “ASPMK-519” MChJ kompaniyasi tomonidan loyiha hujjatlari tayyorlangan bo‘lib, shartnoma tuzilgan.
⚡️ Misol uchun, mazkur loyiha doirasida, suratlarda aks etganidek, xodimlarga qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida yordamchi-xo‘jalik xonalari, 100 metr/kubdan 2 dona gidrant, 200 metr/kub moy yig‘uvchi havza qurilishi ko‘zda tutilgan. Ayni kunlarda qurilish-montaj ishlari olib borilmoqda.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati
❗️«TOSHKENT SHAHAR MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI
kanaliga a’zo bo’ling!