2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
O‘zbekiston va Turkmaniston Energetika vazirlari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi
  • 18.11.2025
  • 11

#hamkorlik

Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov va Turkmaniston Respublikasi Energetika vaziri Annageldi Saparov hamda “Turkmengaz” milliy neft-gaz kompaniyasi raisi Maksad Babayev bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda shuningdek, yoqilg‘i-energetika kompaniyalari rahbariyati va mas’ullari ishtirok etdi.

Uchrashuvda ikki do‘st va qardosh mamlakatlar rahbarlari — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkmaniston Respublikasi Prezidenti Serdar Berdimuhamedov tomonidan ilgari surilayotgan tashabbuslar tufayli barcha sohalar qatori yoqilg‘i-energetika sohasida ham ikki tomonlama hamkorlik aloqalari izchil va samarali rivojlanayotgani ta’kidlandi.

Toshkentda bo‘lib o‘tgan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining yettinchi Maslahat uchrashuvi doirasida O‘zbekiston – Turkmaniston strategik sherikligini mustahkamlash va ko‘p qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish bo‘yicha ikki tomonlama kelishuvlarning salmoqli to‘plami qabul qilingani alohida qayd etildi.

Uchrashuvda yoqilg‘i-energetika sohasidagi samarali va o‘zaro manfaatli hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish bo‘yicha ikki mamlakat rahbarlari belgilab bergan vazifalarni birgalikda samarali tashkil qilishga kelishib olindi.

Manba: https://t.me/minenergy_uz/18305

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati