2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
TOSHKENT VILOYATI: Ohangaron, Bo‘stonliq va Oqqo‘rg‘on tumanlarida hamda Angren shahrida joylashgan podstansiyasida texnik profilaktika ishlari bajarildi
  • 24.11.2025
  • 12

«Toshkent magistral elektr tarmoqlari» filiali tomonidan qiyidagi texnik-profilaktika ishlari amalga oshirildi:

⚙️ Oqqo‘rg‘on tumanida joylashgan 35/10 kV kuchlanishli "Oqqo‘rg‘on"podstansiyasida 10 kV kuchlanishli taqsimlovchi qurilmaning "Yangilik" hamda "Fermal" fiderlarida joriy ta’mirlash ishlari olib borildi. 

⇒  Ta’mirlash davomida elektr qurilmalar, releli himoya avtomatika tizimlari va boshqa muhim elementlar sozlanib, podstansiyaning umumiy ish faoliyati yanada barqarorlashtirildi.

⚙️ Angren shahrida joylashgan 110/6 kV kuchlanishli "Sharq" podstansiyasida 6 kV kuchlanishli KRU "Yoshlik" fiderda joriy ta'mirlash ishlari olib borildi. 

⚙️ Bo‘stonliq tumanida joylashgan 110/10 kV kuchlanishli "12-Buloq" podstansiyasida T-1 trasformatorida moy oqishni to‘xtatish ishlari amalga oshirildi. 

⇒  Ta’mirlash davomida elektr qurilmalar nazorat ko‘rikdan o‘tkazilib, mavjud kamchiliklar bartaraf etildi. Releli himoya, avtomatika tizimlari va boshqa muhim elementlar sozlanib, podstansiyaning umumiy ish faoliyati yanada barqarorlashtirildi.

⚙️ Ohangaron tumanida joylashgan 110/35/6 kV kuchlanishli "Binokor" podstansiyasida T-1 transformatorida 16-sonli topshiriqnomaga asosan joriy ta’mirlash ishlari amalga oshirildi.

⚡️ «Toshkent magistral elektr tarmoqlari» filiali mutaxassislari tomonidan 2025–2026-yil kuz-qish mavsumi davomida generatsiya jarayonida hosil bo‘lgan elektr energiyasini taqsimlovchi tarmoqlarga barqaror yetkazish uchun barcha kuch va resurslar safarbar etilgan. 

‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati 

❗️ «TOSHKENT MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI

kanaliga a’zo bo’ling! http://t.me/ToshkentMET_Axborot