

Taqsimlovchi tarmoqlarga elektr energiyasi barqaror yetkazib berish maqsadida "Toshkent magistral elektr tarmoqlari" filiali tomonidan Pskent tumanida joylashgan 35/10 kV kuchlanishli "Pskent" podstansiyasida 10 000 kVA quvvatli T-2 trasformatorni ta’mirlash, bo‘yash va estetik holatni yaxshilash ishlari olib borildi.
⚙️ Ta’mirlash davomida elektr qurilmalar nazorat ko‘rikdan oʻtkazilib, mavjud kamchiliklar bartaraf etildi. Releli himoya, avtomatika tizimlari va boshqa muhim elementlar sozlanib, podstansiyaning umumiy ish faoliyati yanada barqarorlashtirildi.
⚡️ "Toshkent magistral elektr tarmoqlari" filiali tomonidan generatsiya jarayonida ishlab chiqarilgan elektr energiyasini taqsimlovchi tarmoqlarga barqaror va ishonchli yetkazib berish uchun barcha kuch va texnik imkoniyatlar safarbar etilgan.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati
❗️ «TOSHKENT MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI
kanaliga a’zo bo’ling! http://t.me/ToshkentMET_Axborot