2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ hamda MIGA va Standard Chartered Bank vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi
  • 28.11.2025
  • 23

2025-yil 27-noyabr kuni “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ rahbariyati Multilateral Investment Guarantee Agency (MIGA) va Standard Chartered Bank delegatsiyasini qabul qildi. Uchrashuv davomida tomonlar hamkorlikda amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalarining moliyalashtirilishi, ushbu jarayonning bosqichlari hamda keyingi rejalar yuzasidan batafsil muzokara olib bordilar.

Muloqot davomida bank tomonidan ajratilishi rejalashtirilayotgan mablag‘larning energetika sohasiga yo‘naltirilish mexanizmlari, shuningdek, MIGAning ushbu jarayondagi kafolatlash va qo‘llab-quvvatlash funksiyalari ko‘rib chiqildi. “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ vakillari loyihaning joriy holati, amalga oshirilayotgan texnik va tashkiliy ishlar hamda kelgusi bosqichlar bo‘yicha muzokaralar olib borildi.

Shuningdek, uchrashuvda O‘zbekiston energetika tizimida yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlarini modernizatsiya qilish va rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Xalqaro hamkorlar bilan mazkur yo‘nalishdagi aloqalarni kengaytirish va mustahkamlashning dolzarbligi ta’kidlandi.

Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlikni davom ettirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar. 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati