2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
SURXONDARYO VILOYATI: 110/35/10 kV kuchlanishli “Boysun” podstansiyasida texnik profilaktika ishlari bajarildi
  • 29.11.2025
  • 21

Boysun tumanida joylashgan, “Surxondaryo magistral elektr tarmoqlari” filiali tasarrufidagi 110/35/10 kV kuchlanishli “Boysun” podstansiyasida joriy ta’mirlash va texnik xizmat ishlari reja asosида olib borildi.

⚙️ Ta’mirlash davomida bajarilgan ishlar:

     ►  Fiderlarda aniqlangan kamchiliklar bartaraf etildi;

     ►  Moyli o‘chirgichlarning har biri batafsil texnik ko‘rikdan o‘tkazildi;

     ►  Elektr qurilmalari nazorat ko‘rigidan o‘tkazilib, mavjud nosozliklar to‘liq tuzatildi;

     ►  Releli himoya va avtomatika tizimlari sozlanib, podstansiyaning umumiy ish faoliyati yanada barqarorlashtirildi.

⚡️ Mutaxassislar tomonidan barcha kuch va texnik imkoniyatlar safarbar etilib, generatsiya jarayonida ishlab chiqarilgan elektr energiyasini taqsimlovchi tarmoqlarga barqaror vа ishonchli yetkazib berish bo‘yicha zaruriy choralar ko‘rilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga muvofiq, 2025-yil 1-iyundan boshlab, 35-110 kV kuchlanishli 1 492 ta podstansiya va 24 385,7 kilometr uzunlikdagi elektr uzatish liniyalari «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati balansiga o‘tkazilgan.

‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

❗️ “Surxondaryo magistral elektr tarmoqlari” filialining rasmiy telegram kanaliga a’zo bo‘linng!

http://t.me/SurxondaryoMET_Axborot