2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
SIRDARYO VILOYATI: 220/110/10 kV kuchlanishli "Feruz" podstansiyasida profilaktika ishlari bajarildi
  • 29.11.2025
  • 85

"Sirdaryo magistral elektr tarmoqlari" filiali tasarrufidagi 220/110/10 kV kuchlanishli "Feruz" podstansiyasida reja asosidagi profilaktika — joriy ta’mirlash ishlari amalga oshirildi.

⚙️ Ta’mirlash jarayonida 110 kV kuchlanishli "L-PENG-SHENG" yacheykasidagi 110 kV moyli o‘chirgich (МВ-110 кВ) da texnik xizmat ko‘rsatish va profilaktik tekshiruvlar o‘tkazildi. Ushbu ishlar elektr uskunalarining ishonchli ishlashi hamda avariyaviy holatlarning oldini olishga xizmat qiladi.

⚡️ Mutaxassislar tomonidan o‘chirgichning mexanik qismlari ko‘zdan kechirildi, izolyatsiya holati baholandi, zarur bo‘lgan joylari sozlandi va moy darajasi me’yoriy holatga keltirildi. 

Barcha ishlar amaldagi texnika xavfsizligi qoidalariga to‘liq rioya etilgan holda bajarildi.

‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

 ❗️ "SIRDARYO MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI" FILIALI kanaliga obuna bo‘ling!

https://t.me/SirdaryoMET_Axborot