

"Qoraqalpog‘iston magistral elektr tarmoqlari" filialiga qarashli 110/35/10 kV kuchlanishli "Qiziljar" podstansiyasida elektr uskunalarining ishlash holatini yaxshilash maqsadida texnik xizmat ko‘rsatish ishlari amalga oshirildi.
⚙️ Olib borilgan ishlar:
♦ Kuch transformatori (T-1-110 kV) texnik tekshiruvdan o‘tkazildi;
♦ Elektr qurilmalarining izolyatsiyasi o'lchandi;
♦ Kuch transformatorining kiritkichlaridagi (ввод) moy sizib chiqishi nuqsonlari bartaraf etildi;
♦ Kuch transformatorining moy sathi meyyoriga keltirildi;
♦ Shinlar seksiyasidagi izolyatorlar tozalandi;
♦ Moyli o‘chirgichlar soz holatga keltirildi;
♦ 10 kV kuchlanishli komplekt taqsimlash qurilmasida ta'mirlash va izolyatsiyasini o'lchash ishlari olib borildi.
Ushbu profilaktik ishlar kuz-qish mavsumida generatsiya jarayonida hosil bo‘lgan elektr energiyasini taqsimlovchi tarmoqlarga barqaror yetkazish uchun xizmat qiladi.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati
❗️ «QORAQALPOG‘ISTON MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI kanaliga a’zo bo’ling!