Tenderlar
“O‘ZBEKISTON MILLIY ELEKTR TARMOQLARI” AJNING INVESTITSIYA FAOLIYATI TO‘G‘RISIDA
  • 04.01.2021
  • 668

  Hurmatli hamkorlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 28-dekabrdagi PQ–4937-sonli “O‘zbekiston Respublikasining 2021–2023-yillarga mo‘ljallangan Investitsiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan Osiyo taraqqiyot banki, Jahon banki guruhi va Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki kredit mablag‘lari ishtirokida bir qator investitsiya loyihalar amalga oshirilmoqda.

  Ushbu investitsiya loyihalari doirasidagi tender savdolari to‘g‘risidagi ma'lumotlar rasmiy veb-sahifamizning “E’lonlar” bo‘limida, shuningdek tegishli moliyalashtiruvchi banklarning maxsus portallarida e'lon qilib boriladi. Joylashtirilgan e'lonlarda Loyihani amalga oshirish guruhi (LAOG) vakillarining aloqa ma'lumotlari ko‘rsatilgan bo‘lib, ular xalqaro tender savdolari to‘g‘risida tegishli tushuntirishlar berishi mumkin.

  Shu bilan birga, hamkorlik va qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari yuzasidan Jamiyat tarkibidagi Investitsiyalarni jalb qilish va investitsiya loyihalarni amalga oshirish boshqarmasiga quyidagi elektron manzil va telefon raqamlari orqali murojaat qilishingiz mumkin. 

  Elektron manzil: investment@uzbekistonmet.uz

  Telefon raqami: +99871-236-6873,+99890-928-0464.

 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

t.me/uzmetaxborotxizmati

>