2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI: 35/6 kV kuchlanishli "Suenli" podstansiyasida texnik profilaktika ishlari olib borildi
  • 01.12.2025
  • 12

"Qoraqalpog‘iston magistral elektr tarmoqlari" filialiga qarashli 35/6 kV kuchlanishli "Suenli" podstansiyasida elektr uskunalarining ishlash holatini yaxshilash maqsadida texnik xizmat ko‘rsatish ishlari amalga oshirildi.

Olib borilgan ishlar:

► Kuch transformatori texnik tekshiruvdan o‘tkazildi;

► Elektr qurilmalarining izolyatsiyasi o'lchandi;

► Kuch transformatorining kiritkichlaridagi (ввод) moy sizib chiqishi nuqsonlari bartaraf etildi;

► Kuch transformatorining moy sathi meyyoriga keltirildi;

► Shinlar seksiyasidagi izolyatorlar tozalandi;

► Moyli o‘chirgichlar soz holatga keltirildi;

► 6 kV kuchlanishli komplekt taqsimlash qurilmasida ta’mirlash va izolyatsiyasini o‘lchash ishlari olib borildi.

⇒ Ushbu profilaktik ishlar kuz-qish mavsumida generatsiya jarayonida hosil bo‘lgan elektr energiyasini taqsimlovchi tarmoqlarga barqaror yetkazish uchun xizmat qiladi. 

‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati 

❗️ «QORAQALPOG‘ISTON MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI kanaliga a’zo bo’ling! 

http://t.me/QoraqalpogistonMET_Axborot