
⚡️ «O‘zbekiston–24» radiokanalining FM.87.9 to‘lqinlarida efirga uzatilgan «Axborot» informatsion dasturida «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati bosqaruvi raisining axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi — matbuot kotibi U.P.Urunov 2014–2024-yillar davomida yuqori kuchlanishli podstansiyalarda yaratilgan qo‘shimcha o‘tkazuvchanlik quvvati hajmining o‘sib borish dinamikasi haqida axborot berdi.
Shuningdek, 2025-yil davomida magistral elektr tarmoqlari — yuqori kuchlanishli podstansiyalarda rejalashtirilgan qo‘shimcha o‘tkazuvchanlik quvvati hajmi (prognoz) ma’lum qilindi.
Radioboshlovchi — Dilfuza Yusupova. Dasturni jurnalist Nilufar Ahmedova tayyorlagan.
2017–2024-yillar davomida yuqori kuchlanishli podstansiyalarda yaratilgan qo‘shimcha o‘tkazuvchanlik quvvati 10102 MVA (megavolt•amper) ni tashkil etgan. 2025-yil uchun reja qilingan 2719 MVAni qo‘shib hisoblaganda, yaratilgan o‘tkazuvchanlik quvvati (jami) 12821 MVAni tashkil etadi.
⇒ QO‘SHIMCHA MA’LUMOT: Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 17-dekabrdagi 844-sonli qaroriga asosan “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tizimidan qabul qilingan 35-110 kV kuchlanishli podstansiyalarda ham mavjud quvvat hajmini oshirish ishlari olib borilmoqda, yuklama bilan ishlayotgan kuch transformatorlari yuqori quvvatli elektr uskunalariga almashtirilmoqda. Bugungi kun holatiga 53 ta podstansiyada jami 354 MVA qo‘shimcha quvvat yaratildi.
2025-yil 1-iyun holatiga Aksiyadorlik jamiyati balansida 51 780,1 МВА to’la quvvatga ega 35–110–220 va 500 kV kuchlanishli 1583 ta podstansiya hamda 37211,4 km uzunlikdagi 35–110–220 va 500 kV kuchlanishli magistral elektr uzatish tarmoqlari mavjud.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati