2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
NAMANGAN VILOYATI: Yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlarida kuz-qish mavsumi ichidagi profilaktika ishlari amalga oshirilmoqda
  • 01.12.2025
  • 10

“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ “Namangan magistral elektr tarmoqlari” filiali Yuqori kuchlanishli havo tarmoqlariga xizmat ko‘rsatuvchi mutaxassislari tomonidan magistral elektr tarmoqlarining kuz-qish mavsumi ichidagi profilaktika ishlari uzluksiz davom ettirilmoqda.

⚡️ Kuz-qish mavsumi davomida respublika bo‘ylab taqsimlovchi tarmoqlarga barqaror elektr energiyasi yetkazib berish, bu orqali xalqimiz turmush tarzining tinch va farovon bo‘lishi hamda iqtisodiyot tarmoqlarining samarali faoliyat yuritishi uchun zarur bo‘lgan barcha kuch va resurslar safarbar etilgan.

⚙️ Misol uchun, Farg’ona vodiysi iste’molchilari elektr ta’minotida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan 220 kV kuchlanishli L-40-K-2 havo tarmog‘ida profilaktika ishlari olib borilmoqda.

Mutaxassislar tomonidan elektr uzatish tarmog‘i to‘liq texnik ko‘rikdan o‘tkazilib, aniqlangan barcha kamchilik va nuqsonlar bartaraf etilmoqda. Xususan, shikastlangan izolyatorlar yangilariga almashtirilmoqda, bu esa liniyaning ishonchliligini sezilarli darajada oshiradi.

Bugungi kunda elektr tarmoqlarini zamonaviylashtirish, energiya uzatish liniyalarini rekonstruksiya qilish va ularni xalqaro standartlarga moslashtirish orqali nafaqat bugungi ehtiyojlarga, balki yaqin kelajak talablariga ham to‘liq javob beradigan mustahkam milliy energetika tizimini shakllantirish yo‘lida izchil ishlar davom etmoqda. 

‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati 

❗️ “Namangan magistral elektr tarmoqlari” filiali

telegram kanaliga obuna bo‘ling! 

https://t.me/NamanganMET_Axborot