2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
TAJRIBA VA AMALIYOT: Qumli hududlarda elektr tarmoqlari himoyasi
  • 02.12.2025
  • 57

⚡️ Qum ko‘chishi kuchli bo‘lgan hududlarda elektr uzatish tarmoqlari tayanch ustunlarining mustahkamligini saqlash va buni doimiy ravishda nazorat qilib borish muhim hisoblanadi. Shuning uchun tayanchlar atrofida qo‘lbola usulda tayyorlangan hashakli to‘siqlar o‘rnatiladi. 

Ushbu tajriba Xorazm viloyatidan tashqari Navoiy, Buxoro, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi magistral elektr tarmoqlariga xizmat ko‘rsatuvchi mutaxassislar tomonidan samarali foydalaniladi.

⚠️ Hashakli to‘siq — somon va mayda novdalardan yasalgan tabiiy baryer bo‘lib, qumning shamol bilan ko‘chib kelishini sekinlashtiradi, tayanch tagining ochilib qolishini oldini oladi, asos atrofida qumni ushlab turadi.

⚠️ Afzalliklari:

▪️Tayanchning siljish xavfini kamaytiradi,

▪️Liniyaning uzluksiz va xavfsiz ishlashini ta’minlaydi,

▪️Arzon, ekologik va samarali himoya vositasi.

⇒ Cho‘l va yarimcho‘l hududlarda bu oddiy, ammo juda muhim texnik yechim — elektr tarmoqlarining ishonchliligini oshiradi.

‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati 

❗️“Xorazm magistral elektr tarmoqlari” filiali 

http://t.me/XorazmMET_Axborot