

"Samarqand magistral elektr tarmoqlari" filiali xodimlari Nurobod tumani, Jom qishlog‘ida ekologiyani yaxshilash maqsadida ko‘chat ekish ishlarini olib bormoqda. Hudud sharoitiga mos bo‘lgan qarag‘ay, gujum va boshqa manzarali daraxt ko‘chatlari o‘tqazilmoqda.
Ko‘chatlar qishloq hududida yangi yashil zonalar yaratadi va kelajakda soyali, xushmanzara makonlar yuzaga kelishi kutilmoqda.
Bugungi tadbir "Samarqand magistral elektr tarmoqlari" filialining hududlarda yashil maydonlarni kengaytirish va ekologik muhitni yaxshilashga qaratilgan sa’y-harakatlarining navbatdagi amaliy qadamidir.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati
❗️ «SAMARQAND MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI