Bosh prokuror o‘rinbosari S.Samadov rahbarligida tashkil etilgan yig‘ilishda Bosh prokuratura, Ichki ishlar, Departament, MIB, O‘zenergoinspeksiya va energetika tizim tashkilotlari hamda Farg‘ona viloyat, tuman (shahar) vakillari ishtirok etdi.
Unda, aholi va iqtisodiyot tarmoqlarini barqaror energiya resurslari bilan ta’minlash, energiya resurslarini iqtisod qilish, tarmoqlarda yo‘qotishlarni qisqartirish, resurslarni talon - toroj qilishni oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tanqidiy muhokama qilindi.
Xususan, resurslarni iqtisod qilishning qo‘shimcha manbalarini ilmiy-texnikaviy o‘rganishlar asosida aniqlash maqsadida professor-olimlar hamda soha mutaxassislaridan iborat ishchi guruhi tomonidan Farg‘ona viloyatida o‘rganilishi lozim bo‘lgan asosiy yo‘nalishlar belgilab berildi.
Shuningdek, yig‘ilishda energiya resurslarini iqtisod qilish va energotejamkor uskunalarni o‘rnatish bo‘yicha ishlarni yanada jadallashtirish, tarmoqdagi yo‘qotishlarni qisqartirish hamda mavsumda elektr va gaz xo‘jaligi obyektlarini ekspluatatsiya qilishda tezkorlikka rioya etishlari haqida ko‘rsatmalar berildi.
Uchrashuv yakunida mas’ul vazirlik va idora vakillarining hamda hududlardagi shtab a’zolarining tushuntirish va izohlari eshitildi.
Manba: https://t.me/Energoinspeksiya/9093
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati