2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
TOSHKENT SHAHRI: Poytaxtimizda joylashgan yuqori kuchlanishli podstansiyalarda texnik profilaktika ishlari olib borilmoqda
  • 04.12.2025
  • 120

«Toshkent shahar magistral elektr tarmoqlari» filiali mutaxassislari tomonidan Toshkent shahrida joylashgan va «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati balansida bo‘lgan 7 ta yuqori kuchlanishli podstansiyalarda texnik profilaktika ishlari olib borilmoqda.

Misol uchun: 

 

⚙️ 220/110/10  kV kuchlanishli “Fayziobod” podstansiyasida 27-sonli topshiriqnomaga asosan LKD- 110 kV  qurilmasida joriy ta’mirlash hamda azot quyish ishlari bajarildi.

⚙️ 220/110/10 kV kuchlanishli “Zafar” podstansiyasida 21-sonli farmoyishga asosan yong‘in xavfsizligi shkaflarining estetik holatini yaxshilash hamda zaxira qumlari bilan to‘ldirish ishlari amalga oshirildi. Shuningdek, 22-sonli topshiriqnomaga asosan, 110 kV kuchlanishli ochiq taqsimlash qurilmasi hududidagi ikkilamchi zanjir shkaflarining estetik holatini yaxshilash ishlari bajarildi.

⚙️  220/110/35/10/6 kV kuchlanishli “Yuksak” podstansiyasida mutaxassislar tomonidan 33-sonli topshiriqnomaga asosan 10 kVli o‘chirgichning moyini almashtirish ishlari amalga oshirildi.

 

⚙️ 220/110/35/10/6 kV kuchlanishli “Qo‘yliq” podstansiyasida 84 -sonli topshiriqnomaga asosan nazorat ko‘rigi davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish ishlari bajarildi. 

 

⚡️ Barcha ishlar xavfsizlik texnikasi qoidalariga qat’iy rioya qilingan holda bajarildi.

‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖

 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

❗️ «TOSHKENT SHAHAR MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI kanaliga a’zo bo’ling! 

http://t.me/Toshkent_shaharMET_Axborot