2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
AKSIYADORLIK JAMIYATI JAMOASI: Kasbiy faoliyatingizda muvaffaqiyat tilaymiz!
  • 04.12.2025
  • 19

Avval xabar berilganidek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qaroriga ko‘ra, Isaqulov Dadajon Aynaqulovich — Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi (“O‘zenergoinspeksiya”) boshlig‘i etib tayinlandi.

 

Dadajon Aynaqulovich 2019-yildan buyon “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi. 

 

U 2018-yil 2-noyabr sanasida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Energetika kengashi tomonidan “MDHning xizmat ko‘rsatgan energetigi” yuksak nishoniga sazovor bo‘lgan. 2024-yilda Qozog‘iston elektr energetika assotsiatsiyasining “Xizmat ko‘rsatgan energetik” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

 

D.A.Isaqulov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan 2021-yilda “Sodiq xizmatlari uchun” medali, 2022-yilda “O‘zbekiston Konstitutsiyasining 30 yilligi” ko‘krak nishoni, 2024-yilda esa “Mehnat shuhrati” ordeni bilan taqdirlangan.

1999-yilda 21-sonli “Bo‘ston” saylov okrugidan Toshkent viloyat xalq deputatlar kengashiga, ayni paytda esa ikkinchi marta Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi deputatligiga saylangan Isaqulov Dadajon Aynaqulovich o‘z kasbining mohir ustasi, tashabbuskor rahbar hamda samimiy va kamtar inson sifatida hamkasblari hamda mahalla-ovul ahli o‘rtasida hurmat qozongan. U ibratli oila sohibi, to‘rt nafar farzandlarning mehribon otasi. MHD davlatlarida o‘z bilim-salohiyati bilan nom qozongan energetik, xalqimiz orasida tanilgan faol jamoatchi. 

 

Qariyb 40 yildan buyon energetika sohasida samarali mehnat faoliyati yuritayotgan Isaqulov Dadajon Aynaqulovichga mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt va kasbiy muvaffaqiyatlar tilaymiz.

 

Hurmat bilan,

 

“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati jamoasi