2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
PREZIDENT: “Feruz” podstansiyasiga 2 ta 250 megavoltamper quvvatli transformator o‘rnatib, quvvatini oshirish topshiriladi
  • 04.12.2025
  • 37

Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi boʻlib oʻtmoqda.

“Inson qadri uchun” degan ezgu gʻoya asosida amalga oshirayotgan islohotlarimiz natijasi barcha viloyatlar qatorida Sirdaryodagi ulkan oʻzgarishlarda ham yaqqol namoyon boʻlmoqda. 

Ilgari asosan qishloq xoʻjaligiga bogʻlanib qolgan bu zaminda sanoat, servis, turizm yoʻqdan bor boʻldi, biznes muhiti yaxshilanib, ilgʻor tadbirkorlar sinfi shakllandi”,
 – dedi davlatimiz rahbari.

Sakkiz yilda Sirdaryoga 4 milliard dollar investitsiya kiritildi. Bu davrda 187 ta yirik quvvatlar ishga tushdi, 120 ming ish oʻrni yaratildi. 50 ga yaqin yangi mahsulot chiqarish yoʻlga qoʻyilib, sanoat 4 trilliondan 25 trillion soʻmga yetdi.

Minglab savdo-servis obyektlari tashkil qilingani natijasida xizmatlar hajmi 1,5 trilliondan 12 trillion soʻmga oshdi.

Oldin dotatsiyali boʻlgan Guliston, Yangiyer shaharlari, Boyovut, Mirzaobod, Sayxunobod, Sirdaryo va Xovos tumanlari xarajatini oʻzi qoplashga oʻtdi.

Viloyatdagi o‘rta va yirik korxonalarning aksariyati Sirdaryo, Guliston, Sayxunobod, Mirzaobod tumanlari va Guliston shahriga to‘g‘ri keladi. 

Mazkur korxonalarni elektr bilan ta’minlaydigan “Feruz” podstansiyasining quvvati 2 karra oshirilsa, tadbirkorlar yana 200 million dollarlik yangi loyihalarni qilish tashabbusini bildirgan. 

Mutasaddilarga ushbu podstansiyada 2 ta 250 megavattli transformator o‘rnatib, quvvatini oshirish topshirildi. 

Umuman, sanoatdagi imkoniyatlardan foydalanib, viloyatda 25 ming yuqori daromadli ish o‘rinlarini yaratish, ishlab chiqarishda kamida 7 foiz o‘sishga erishib, 30 trillion so‘mga yetkazish zarurligi qayd etildi.

 

‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati