2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
Rejalashtirilgan joriy ta’mirlash-sozlash ishlari haqida ma’lumot
  • 05.12.2025
  • 12

Ertaga: 2025-yil 6-dekabr kuni 35/6 kV kuchlanishli podstansiyalarda mavjud quvvatni oshirish dastiriga asosan demontaj va montaj ishlar olib boriladi.

▶️ 35/6 kV kuchlanishli "Bog‘zor"podstansiyada 10 000 kVa quvvatga ega transformator yangi va zamonaviy 16 000 kVA quvvatga ega transformatorga almashtiriladi.

⚡️ Ushbu chora-tadbirlar elektr energiyasining xavfsiz uzatilishini ta’minlaydi, taqsimlovchi tarmoqlarga barqaror elektr energiyasi yetkazib berishga xizmat qiladi.

⏰ Ish vaqti: soat 08:00 dan — 20:00 gacha.    

❗️Modernizatsiya ishlari, ya’ni demontaj va montaj ishlari davomida mazkur podstansiyadan chiquvchi fiderlarga ulangan iste’molchilar elektr ta’minotida vaqtincha uzilishlar kuzatilishi mumkin. Xavfsiz mehnat sharoitini yaratish maqsadida taqmoqdan vaqtincha ajratilgan iste’molchilarga boshqa liniyalar orqali kuchlanish berish choralari ko‘riladi.

✅  Iste’molchilardan vaqtincha noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.

⇒ Eslatib o‘tamiz, Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga muvofiq, 2025-yil 1-iyundan boshlab, 35-110 kV kuchlanishli 1 492 ta podstansiya va 24 385,7 kilometr uzunlikdagi elektr uzatish liniyalari «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati balansiga o‘tkazilgan. 

‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati 

❗️ «TOSHKENT SHAHAR MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI

kanaliga a’zo bo’ling! 

http://t.me/Toshkent_shaharMET_Axborot