2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
NAMANGAN VILOYATI: 220/110/10 kV kuchlanishli "Sardor" podstansiyasida muhim profilaktik ta’mirlash ishlari yakunlandi
  • 05.12.2025
  • 20

Elektr ta’minoti sifati va ishonchliligini oshirish maqsadida, "Namangan magistral elektr tarmoqlari" filiali mas'ul xodimlar tomonidan 220/110/10 kV kuchlanishli "Sardor" podstansiyasida profilaktika ta’mirlash-sozlash ishlari muvaffaqiyatli yakunlandi.

⚡️ Ushbu profilaktik ishlar va nazorat ko‘riklari davomida uskunalar va elektr tarmoqlari barqaror faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan juz’iy kamchiliklar bartaraf etildi. Xususan:

⚙️ AT-1-250 MVA avtotransformatorining 220 kV kirish qismi: Podstansiyaning asosiy quvvat manbayi hisoblangan 250 MVA quvvatga ega AT-1 avtotransformatorining 220 kV kirish qismidagi qizishlar bartaraf etilib, uning samarali ishlashi tiklandi.

⚙️ 220 kV ajratgichda nosozlik bartaraf etildi: VT-1-220 KV yacheykasida joylashgan RT-220 kV ajratgichidagi qizish sabablari to‘liq bartaraf etildi. 

⚙️ 110 kV kuchlanishli tarmoqning ishonchliligi mustahkamlandi: VT-1-110 KV yacheykasida joylashgan RT-110 kV ajratgichida aniqlangan qizishlar ham bartaraf etildi. Bu tadbir, iste’molchilarga quvvat yetkazib beruvchi 110 kV tarmoqning ishonchli va barqaror ishlashini ta’minlashga xizmat qiladi.

Nazorat ko‘rigida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish kabi ishlar elektr uskunalarining muddatidan oldin ishdan chiqishining oldini oladi va katta avariyalarning oldini olishga qaratilgan profilaktik chora hisoblanadi. 

‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati 

❗️ “Namangan magistral elektr tarmoqlari” filiali

telegram kanaliga obuna bo‘ling! 

https://t.me/NamanganMET_Axborot